EN RU

Milliy TV — butun oila uchun mo'ljallangan nodavlat musiqiy-ko'ngilochar va ma'rifiy kanal.

Milliy TV 2016 yil sentyabr oyidan efirga chiqa boshladi. Qisqa muddat ichida Milliy TV mamlakatimiz televideniesida etakchi o'rinlardan birini egalladi.

Har kuni Milliy TV efirida eng yaxshi ko'ngilochar shoular, madaniy-ma'rifiy dasturlar, bolalar uchun ma'naviy loyihalar, mamlakatimiz va xorijda ishlab chiqarilgan kino va teleseriallar hamda o'zbek musiqasidan bahramand bo'lish mumkin.

Milliy TV efir vaqtining 70% o'zbek tilida, 30% rus tilidagi dasturlardan iborat. 2017 yil 1 yanvaridan kanal o'z ko'rsatuvlarini tunu-kun efirga uzatishni boshladi.

Milliy TV maqsadi — o'zbek xalqi milliy an'analariga yangicha yondashuv orqali sifatli telemahsulot yaratish.